VatandoshlarButunjahonQurultoyi

4 – 5-dekabr, 2026 · Toshkent

Qurultoygacha qoldi
09kun
15soat
47daqiqa
Arizalar 28-noyabrgacha qabul qilinadi
4 – 5-dekabr, 2026
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Kalendarga qoʻshish

Qurultoy haqida

Qurultoy haqida

2026-yil noyabr kunlari Toshkent shahridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Vatandoshlar butunjahon qurultoyi oʻtkaziladi. Qurultoyga dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida yashayotgan vatandoshlar — shifokorlar, olimlar, tadbirkorlar, oʻqituvchilar va diaspora yetakchilari taklif etiladi.

0+
davlatdan delegatlar
0+
vatandosh ishtirokchi
0
kunlik dastur
01

Maqsad

Xorijdagi vatandoshlarni Yangi Oʻzbekiston atrofida birlashtirish, ularning taklif va tashabbuslarini bevosita davlat organlariga yetkazish hamda diaspora bilan hamkorlikni doimiy formatga oʻtkazish.

02

Dastur

Ikki kun davomida rasmiy ochilish marosimi, yalpi majlis, taʼlim, tibbiyot, tadbirkorlik va madaniyat boʻyicha parallel sessiyalar, davra suhbatlari, tantanali kechki ovqat va Toshkent boʻylab madaniy dastur oʻtkaziladi.

03

Natija

Qurultoy yakunida tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash yoʻl xaritasi, Qurultoy Rezolyutsiyasi va dunyo boʻylab faol vatandoshlarni bogʻlaydigan doimiy tarmoq shakllantiriladi.

Butun dunyodan

Dunyoning har bir burchagidan — Toshkentga

43
davlat
6
qitʼa
Sydney → Toshkent
11 822 km · 15 s 15 daq
Toshkentga yoʻl
QayerdanMasofaParvoz
  1. Sydney · Avstraliya11 822 km15 s 15 daq
  2. Tokyo · Yaponiya5 993 km8 s 09 daq
  3. Seoul · Janubiy Koreya4 884 km6 s 47 daq
  4. Beijing · Xitoy3 935 km5 s 38 daq
  5. Jakarta · Indoneziya6 519 km8 s 47 daq
  6. Singapore · Singapur5 637 km7 s 42 daq
  7. Kuala Lumpur · Malayziya5 342 km7 s 21 daq
  8. Bangkok · Tailand4 297 km6 s 04 daq
  9. New Delhi · Hindiston1 587 km2 s 46 daq
  10. Almaty · Qozogʻiston664 km1 s 39 daq
  11. Bishkek · Qirgʻiziston476 km1 s 25 daq
  12. Islamabad · Pokiston912 km1 s 57 daq
  13. Kabul · Afgʻoniston757 km1 s 45 daq
  14. Dushanbe · Tojikiston304 km1 s 12 daq
  15. Ashgabat · Turkmaniston1 002 km2 s 03 daq
  16. Dubai · Birlashgan Arab Amirliklari2 195 km3 s 31 daq
  17. Doha · Qatar2 417 km3 s 47 daq
  18. Baku · Ozarbayjon1 626 km2 s 49 daq
  19. Kuwait · Quvayt2 327 km3 s 40 daq
  20. Riyadh · Saudiya Arabistoni2 782 km4 s 14 daq
  21. Tbilisi · Gruziya2 029 km3 s 18 daq
  22. Moscow · Rossiya2 793 km4 s 14 daq
  23. Cairo · Misr3 626 km5 s 15 daq
  24. Kyiv · Ukraina3 126 km4 s 39 daq
  25. Istanbul · Turkiya3 338 km4 s 54 daq
  26. Johannesburg · Janubiy Afrika Respublikasi8 625 km11 s 21 daq
  27. Minsk · Belarus3 360 km4 s 56 daq
  28. Riga · Latviya3 626 km5 s 15 daq
  29. Warsaw · Polsha3 790 km5 s 27 daq
  30. Stockholm · Shvetsiya4 012 km5 s 44 daq
  31. Prague · Chexiya4 268 km6 s 02 daq
  32. Berlin · Germaniya4 303 km6 s 05 daq
  33. Rome · Italiya4 629 km6 s 29 daq
  34. Amsterdam · Niderlandiya4 873 km6 s 47 daq
  35. Lagos · Nigeriya7 523 km10 s 00 daq
  36. Paris · Fransiya5 145 km7 s 06 daq
  37. London · Buyuk Britaniya5 230 km7 s 13 daq
  38. Madrid · Ispaniya5 942 km8 s 05 daq
  39. Rabat · Marokash6 528 km8 s 48 daq
  40. São Paulo · Braziliya13 821 km17 s 41 daq
  41. New York · Amerika Qo‘shma Shtatlari10 172 km13 s 14 daq
  42. Toronto · Kanada10 056 km13 s 06 daq
  43. Mexico City · Meksika13 158 km16 s 53 daq

Dastur

Ikki kun

Dastlabki dastur — oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.

  1. 09:30
    09:55

    Ishtirokchilarni roʻyxatga olish va anjumanlar zaliga joylashtirish

    Tanaffus
  2. 10:00
    10:05

    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

    Ochilish
    Anjumanlar zali
  3. 10:05
    10:10

    “Ona Vatan chorlaydi” videoroligi namoyishi

    Ochilish
    Anjumanlar zali
  4. 10:10
    10:30

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Qurultoy ishtirokchilariga tabrigi

    Ochilish

    Oʻqib eshittiradi: Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov

    Anjumanlar zali
  5. 10:30
    10:45

    Tanzila Narbayeva — Oliy Majlis Senati Raisi

    Yalpi majlis
    Anjumanlar zali
  6. 10:45
    11:00

    Baxtiyor Saidov — Tashqi ishlar vaziri

    Yalpi majlis
    Anjumanlar zali
  7. 11:00
    11:15

    Qahramon Sariyev — Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi

    Yalpi majlis
    Anjumanlar zali
  8. 11:15
    11:30

    Behzod Musayev — “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruv raisi

    Yalpi majlis
    Anjumanlar zali
  9. 11:30
    11:40

    Umumiy suratga tushish

    Tanaffus
  10. 11:40
    12:00

    Qahva tanaffusi

    Tanaffus
  11. 12:00
    12:10

    “Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish: AQSH tajribasi”

    Yalpi majlis

    Qaxxorova Nilyufar Ramazanovna

    Anjumanlar zali
  12. 12:10
    12:20

    “Xalqaro tijorat huquqi: Kanada tajribasi”

    Yalpi majlis

    Sobirov Rahmadjon Rustamovich

    Anjumanlar zali
  13. 12:20
    12:30

    “London — jahon moliya markazi: Oʻzbekiston uchun tajriba va saboqlar”

    Yalpi majlis

    Mavlyanov Sanjar Abdupottixovich

    Anjumanlar zali
  14. 12:30
    12:40

    “Oʻzbekiston–Shveytsariya savdo-iqtisodiy hamkorligi: vatandosh tadbirkor tajribasi”

    Yalpi majlis

    Salimova Gulnara Asatullayevna

    Anjumanlar zali
  15. 12:40
    12:50

    “Sunʼiy intellekt: Xitoyning Alibaba Cloud tajribasi va Oʻzbekiston uchun imkoniyatlar”

    Yalpi majlis

    Kushanazarov Farrux Isakulovich

    Anjumanlar zali
  16. 12:50
    13:00

    “Qozogʻistondagi oʻzbeklar «Doʻstlik» hamjamiyati tajribasi”

    Yalpi majlis

    Xashimjanov Ikram Akramovich

    Anjumanlar zali
  17. 13:00
    14:00

    Tushlik

    Tanaffus
  18. 14:00
    16:00

    I panel: Vatandoshlarning huquqlarini himoya qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash

    Sessiya

    Moderator: B.A.Shukurov. Maʼruzachilar: G.Kamalova (Belgiya), M.Rahimov (Buyuk Britaniya), O.Axmadaliyev (Germaniya), X.Fayzullayev (Polsha), G.Fayzullayeva (Norvegiya), D.Yuldosheva (Belgiya), I.Idiyev (Shvetsiya), O.Toshmurodov (Shvetsiya), O.Maxkamov (AQSH). Soʻngida vazirlik va idoralar bilan savol-javob.

    1-seminar zali
  19. 14:00
    16:00

    II panel: Taʼlim va ilm-fan: yangi avlod va bilimlar transferi

    Sessiya

    Moderator: O.Sattarov. Maʼruzachilar: T.Yunusov (Buyuk Britaniya), R.Otojanov (Buyuk Britaniya), A.Gʻafurov (Germaniya), R.Saminov (Germaniya), M.Xoljoʻrayev (Chexiya), Z.Yulchiyeva (Shvetsiya), M.Turdiyev (AQSH), V.Urinov (Kanada), Sh.Naraliyeva (Qozogʻiston). Soʻngida vazirlik va idoralar bilan savol-javob.

    2-seminar zali
  20. 14:00
    16:00

    III panel: Vatandosh tadbirkorlar va investitsiyalar: Oʻzbekiston bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik

    Sessiya

    Moderator: D.A.Vaxobov. Maʼruzachilar: N.Nuritdinov (Buyuk Britaniya), J.Kutbiyev (Niderlandiya), Z.Seidl (Avstriya), N.Eshmatov (Germaniya), A.Muminov (Shveytsariya), G.Tolipova (Daniya), B.Ishnayev (Daniya), D.Rahmonov (AQSH), J.Sulaymonov (Xitoy). Soʻngida vazirlik va idoralar bilan savol-javob.

    3-seminar zali
  21. 14:00
    16:00

    IV panel: Madaniyat, media va jamoat birlashmalari: xorijda milliy oʻzlikni asrash

    Sessiya

    Moderator: J.Rahimov. Maʼruzachilar: Z.Artikova (Buyuk Britaniya), O.Nuritdinov (Buyuk Britaniya), B.Bozorov (Germaniya), N.Xaniyazova (Fransiya), O.Soliyev (AQSH), N.Yuldasheva (Kanada), J.Pishenbayev (Qozogʻiston), Z.Umarov (Tojikiston), S.Oqboyev (Xitoy). Soʻngida vazirlik va idoralar bilan savol-javob.

    4-seminar zali
  22. 14:00
    16:00

    V panel: Tibbiyot va ekologiya: vatandosh mutaxassislar bilan hamkorlik istiqbollari

    Sessiya

    Moderator: F.Ch.Sanayev. Maʼruzachilar: R.Izamov (Buyuk Britaniya), Sh.Nurullayeva (Buyuk Britaniya), M.Zakirov (Rossiya), A.Rahmanov (Germaniya), S.Gʻofurov (Germaniya), F.Gafurova (Germaniya), G.Rustamova (Shveytsariya), Q.Raximxojayev (AQSH), S.Karimov (Portugaliya). Soʻngida vazirlik va idoralar bilan savol-javob.

    5-seminar zali
  23. 16:30
    17:30

    Yakuniy yalpi majlis: panel sessiyalar moderatorlarining hisobotlari

    Yalpi majlis

    Har biri 10–12 daqiqa

    Anjumanlar zali
  24. 17:30
    18:00

    Umumiy muhokama va asosiy xulosalar. “Ochiq mikrofon”

    Yalpi majlis

    Birinchi kun yakunlari

    Anjumanlar zali
  25. 18:00
    19:00

    “Osiyo Grand” restoraniga yoʻl

    Tanaffus
  26. 19:00
    21:00

    Rasmiy kechki ovqat. “Bir Vatan — bir yurak” madaniy dasturi

    Madaniy dastur
    “Osiyo Grand” restorani

Savol-javob

Koʻp beriladigan savollar

Javob topolmadingizmi? Bizga yozing — bir ish kuni ichida javob beramiz.

  1. Xorijda doimiy yashayotgan, oʻz sohasida faol boʻlgan va ildizlari Oʻzbekiston bilan bogʻliq har bir vatandosh ariza berishi mumkin.

  2. Arizalar “Vatandoshlar” jamoat fondi mutasaddilari tomonidan koʻrib chiqiladi. Natija elektron pochtangizga yuboriladi. Tasdiqlangan delegatlar batafsil dastur va tashkiliy maʼlumotlarni oladi.

  3. Tasdiqlangan delegatlar uchun Toshkentda kutib olish, mehmonxonada joylashtirish va shahar ichidagi transport tashkilotchilar tomonidan taʼminlanadi. Xalqaro parvoz boʻyicha maʼlumot tasdiq xati bilan birga yuboriladi.

  4. Asosiy til — oʻzbek tili. Yalpi majlis va sessiyalarda rus va ingliz tillariga sinxron tarjima taʼminlanadi.

  5. Koʻplab davlatlar fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish mavjud. Agar viza talab qilinsa, tasdiqlangan delegatlarga taklifnoma va viza boʻyicha yordam beriladi.

  6. info@vatandoshlar.uz manziliga yozing yoki +998 55 502-22-99 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

AI yordamchi

Javoblar sayt maʼlumotlari asosida avtomatik tuziladi. Rasmiy tasdiq uchun biz bilan bogʻlaning.

Minbarda

Maʼruzachilar

Davlat rahbariyati, diaspora yetakchilari, olimlar va tadbirkorlar.

Maʼruzachilar roʻyxati tez orada eʼlon qilinadi

Manzil

Toshkent kutmoqda

Qurultoy Hazrati Imom majmuasi yonidagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtadi. Delegatlar kutib olinadi, joylashtiriladi, shahar boʻylab madaniy dastur tashkil etiladi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Hazrati Imom majmuasi
Xaritada ochish

Qanday qatnashiladi

  1. 01
    Anketani toʻldiring

    Surat, shaxsiy va kasbiy maʼlumotlar. Besh daqiqa yetadi.

  2. 02
    Javobni kuting

    Fond arizangizni koʻrib chiqadi va elektron pochtangizga javob yozadi.

  3. 03
    Toshkentga keling

    Tasdiqlangan delegatlarga batafsil dastur va tashkiliy maʼlumotlar yuboriladi.

Ishtirok eting

Xorijda yashaysizmi yoki ildizingiz Oʻzbekistonga bogʻlanganmi — bu anjuman siz uchun. Anketa besh daqiqa vaqt oladi.

Ishtirok etish Muddat: 28-noyabr, 2026

Aloqa

Bogʻlanish

Elektron pochta
info@vatandoshlar.uz
Manzil
100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 45-uy