Forum maqsadi
Хorijda yashayotgan vatandoshlarni Yangi O‘zbekiston atrofida birlashtirish, ularning taklif va tashabbuslarini yaqindan o‘rganish, 2026 yilda Butunjahon O‘zbekistonliklar qurultoyida qatnashadigan delegatlarni tayinlash.
Ma'lumot uchun
Xorijdagi vatandoshlar o‘z sohalari yuzasidan taklif va tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritadi. Eng yaxshi va natijador takliflar kiritgan vatandoshlar xududiy forumda qatnashish uchun taklif etiladi. Shu bilan birga, Forum yakunlari bo‘yicha xududlardan delegat bo‘lishga tavsiya etilayotgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

O‘rganishlar natijasida vatandoshlar forumini 5 ta hududlarda o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi
Germaniyada – Yevropada yashayotgan vatandoshlar
Malayziyada – Osiyo va Tinch okeani ko‘rfazida yashayotgan vatandoshlar
Qirg‘izistonda– MDHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va etnik o‘zbeklar (avtoxton)
AQShda - Shimoliy Amerika qit’asida istiqomat qilayotgan vatandoshlar
(aniqlashtirilmoqda) – Afrika va Arab ko‘rfazi mamlakatlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda

Elektron portalga kelib tushgan ma’lumotlar asosida eng faol va tashabbuskor vatandoshlar hududlarda tashkil etiladigan Forumlarda ishtirok etishga taklif etiladi. Shuningdek, xududiy forumlar doirasida 2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Butunjahon qurultoy”da ishtirok etadigan delegatlarni vatandoshlar safidan aniqlash rejalashtirilmoqda. “Vatandoshlar forumi”ni joriy yil aprelda Germaniyada, iyunda Malayziyada, avgustda AQSh va Qirg‘izistonda, oktyabrda Yaqin Sharq mamlakatlarining birida (kelishuv asosida) o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Kutilayotgan natijalar

2026 yil O‘zbekistonliklar Butunjahon Qurultoyi uchun hududlardan delegatlar ro‘yxati shakllantiriladi

Davlat organlari va vatandoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va Yangi O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanadi